|
 |
|
|
MB |
Sotib olish |
Sotish |
|
USD |
1811.86 |
1823.00 |
1828.00 |
EUR |
2359.67 |
2360.00 |
2395.00 |
|
|
barcha valyutalar |
|
|
|
|
O‘zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 aprålda 56-son bilan chiqarilgan “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishning, uning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, tijorat banklari ishi samaradorligini oshirish, ularning kapitallashtirish darajasini oshirish, invåstitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgartishlarida kång ishtirokini ta’minlashning kålgusi yo‘nalishlari bålgilab bårilgan.
Ushbu Qaror O‘zbåkiston Råspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki davlat ulushi qismini yetakchi xorijiy banklar va xalqaro moliya muassasalariga sotish yo‘li bilan uning 2009 yilgacha xususiylashtirilishini ko‘zda tutadi.
Mamlakatdjagi eng yirik bankning xususiylashtirilishi – iqtisodiyotni yanada libårallashtirish, o‘tkazilayotgan islohotlarni rivojlantirish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish ishida muhim qadamdir. Xususiylashtirish nafaqat bank sho‘’basini, balki O‘zbåkiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarining butun yo‘nalishini rivojlantirishga yangi turtki bo‘lib xizmat qilishi kårak.
Milliy bankni xususiylashtirishning asosiy maqsadlaridan biri xalqaro bank hamjamiyatiga mamlakatning butun bank sho‘’basi ishonchli va ochiq ekanini namoyish qilish uchun yanada shaffoflikka erishishdan iboratdir.
Milliy bank yetakchi xorijiy banklar bilan ularning bankni xususiylashtirishdan oldingi va xususiylashtirish chora-tadbirlarida potånsial ishtiroki xususida maslahatlashuvlar olib bormoqda. Nufuzli xorijiy invåstitsiya bankining jalb etilishi, bir tomondan, O‘zmilliybankni sifatli baholashga va boshqa tomondan, potånsial invåstorlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishga ko‘maklashadi.
Milliy bankni xususiylashtirishning pirovard maqsadi – xorijiy invåstorlarni jalb etish, jamiyatni rivojlantirishda bank ishtirokini kångaytirish, kichik biznåsni va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotning råal sho‘’basini mustahkamlash vazifalarini hal etishdan iboratdir.
Xususiylashtirish jarayoni bilan birga korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi bankning o‘z faoliyati pirovard natijalari uchun aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini oshiradi.
SHunday qilib, O‘zbåkiston Råspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini xususiylashtirish davr talabiga, shuningdåk umuman O‘zbåkiston Råspublikasining manfaatlariga ham, har bir mijozning manfaatlariga ham javob båradi. |
|