О Банке Физическим лицам Малый и частный бизнес Корпоративным клиентам Пресс Центр Галерея
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
Eng   |   Rus
/ /


Eng yaqin filialni topish

MB Sotib olish Sotish
USD 1614.49  1627.00 1630.00
EUR 2063.00  2064.00 2094.00
barcha valyutalar
Osiyo Express
Western Union
15- Dekabr, 2009
Auditorlik xizmati kengaymoqda

Poytaxtimizda O‘zbekistonda buxgalterlik hisobi va auditni yanada takomillashtirish yo‘llari mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlik palatasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Moliya vazirligi vakillari, auditorlik tashkilotlari rahbarlari, amaliyotchi buxgalterlar va olimlar ishtirok etdi.
Anjumanda buxgalteriya va audit sohasini izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani alohida qayd etildi. Buning samarasida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida moliyaviy ishlarning barqarorligi ta’minlanmoqda va auditorlik faoliyati tobora rivojlanayotir. 2000 yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun bunda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Hozir mamlakatimizda 112 auditorlik tashkiloti mavjud. Bunday tashkilotlar xizmatiga talab tobora ortib bormoqda. Jumladan, korxona va tashkilotlarga 2006 yilda 4,5 milliard so‘mlik auditorlik xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich 15 milliard so‘mdan oshdi.
Anjuman ishtirokchilari inventarizatsiya, inson resursini hisobga olish va hisobotda aks ettirish masalalari, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari yuzasidan fikr almashdilar.
 
O‘zA
      


© 1991—2007 O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
 

Sаyt xаritаsi
Bog'lanish