О Банке Физическим лицам Малый и частный бизнес Корпоративным клиентам Пресс Центр Галерея
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
Eng   |   Rus
/ /


Eng yaqin filialni topish

MB Sotib olish Sotish
USD 1614.49  1627.00 1630.00
EUR 2063.00  2064.00 2094.00
barcha valyutalar
Osiyo Express
Western Union
15- Dekabr, 2009
Kredit axboroti: bankka ham, mijozga ham foydali

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan bank tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, banklar kapitallashuvini ko‘paytirish, iqtisodiyot real sektoriga kredit ajratish miqdorini kengaytirish va ko‘rsatilayotgan bank hamda moliya xizmatlari sifatini yaxshilash imkonini bermoqda.
Bank tizimi iqtisodiyot real sektorini moliyalash, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish, muhim tarmoq va korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, aholi va xo‘jalik subyektlari omonatlarini jalb qilish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida to‘lovlar hamda o‘zaro hisob-kitoblarni samarali amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz tijorat banklariga har kuni minglab mijozlar kredit so‘rab murojaat qilmoqda. Bu borada banklar mijoz faoliyati, ya’ni uning kredit tarixi, boshqa banklardan qarzi bor yoki yo‘qligi, uchinchi shaxslarning kafolati, korxona va loyiha menejerlari malakasi, ularning tadbirkorlik sohasidagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq hamda ishonchli axborotga ega bo‘lishdan manfaatdor. Bunday ma’lumotlarni olish va tahlil qilish uchun ko‘p vaqt sarflanadi, mijoz esa qisqa muddat ichida mablag‘ olishi zarur.
Shu maqsadda ixtisoslashgan institutlardan qarz oluvchining kredit tarixi haqida axborot olish zarurati paydo bo‘lmoqda. Ushbu faoliyat turi dunyoning ko‘p davlatlari uchun yangilik hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 aprelda qabul qilingan “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda kredit to‘g‘risida axborot almashish tizimi tashkil etildi. U O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy instituti va O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi huzuridagi Banklararo kredit byurosini o‘z ichiga oladi.
Markaziy bankning Kredit axboroti milliy institutida Kredit axborotining yagona davlat reyestri tashkil etilgan. Ayni paytda unda 626 ming nafardan ortiq qarz oluvchining bir millionga yaqin kredit shartnomasi haqida ma’lumot bor. Har kuni barcha banklar va ularning 800 dan ziyod filiallari bilan real vaqt rejimida kredit axboroti almashinuvi amalga oshiriladi. Shu sababli banklar va qarz oluvchilarning moliya-kredit intizomi mustahkamlanib bormoqda.
Mazkur tizim jismoniy va yuridik shaxslarning avval olingan kreditlari va majburiyatlari bo‘yicha kafolatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topgan kredit tarixini shakllantiradi. Qo‘yilgan shartlar o‘z vaqtida bajarilgan kredit reytingi korxonaga zudlik bilan kredit olish va imtiyozli stavkalar hisobidan foizlar bo‘yicha sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi. Shu tariqa halol tadbirkorlarning moliyaviy obro‘si mustahkamlanmoqda va ularning soni tobora ko‘paymoqda.
Axborot almashinuvi jarayoniga mamlakatimizning barcha tijorat banklari jalb qilingan bo‘lib, kredit ittifoqlari, lombardlar, lizing kompaniyalari va kredit ajratish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar uning ishtirokchilari sanaladi. Shuningdek, unda kredit axborotini to‘plash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan institutlar, misol uchun, davlat reyestrlari, turli vazirlik va idoralar, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda sug‘urta kompaniyalari ham qatnashishi mumkin.
Ishonchli va tezkor kredit axboroti kredit berishda xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi va bank tavakkalchiliklarini kamaytiradi.
So‘nggi ikki yilda Markaziy bankning Kredit axboroti milliy instituti faoliyati kredit to‘g‘risida axborot almashish tizimini rivojlantirish bo‘yicha nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ijobiy baholandi.

O‘zA, V.Rudakova
      


© 1991—2007 O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
 

Sаyt xаritаsi
Bog'lanish