|
1. Xorijiy valyutani boshqa xorijiy valyutaga (qaysi valyutalarni) almashtirish mumkinmi va qancha miqdorda almashtirish mumkin?
2. Xorijiy banklarning xorijiy valyutadagi yo'l cheklarini naqd pulga aylantirish chog'ida vositachilik haqi uchun qancha pul undiriladi?
3. Xorijiy banklarning xorijiy valyutadagi yo'l cheklarini bank muassasalari tomonidan sotish chog'ida vositachilik haqi uchun qancha pul undiriladi?
4. Egasi ko'rsatiladigan cheklar banklar tomonidan inkassoga qabul qilinadimi? Cheklarni qabul qilish va ularga haq to'lashda qanday tariflar belgilangan?
5. Mijoz to'lov hujjatlari bo'yicha xorijiy valyutadagi mablag'larni o'z hisobvarag'iga kiritishi mumkinmi?
6. Milliy bank chiqargan VISA kartochkalari bo'yicha naqd xorijiy valyutani yechib olish chog'ida qancha miqdorda vositachilik haqi to'lanadi?
7. Jismoniy shaxslar almashuv shahobchalarida qanday turdagi valyutalarni xarid qilishlari va topshirishlari mumkin hamda mazkur operatsiyalarni amalga oshirish chog'ida vositachilik haqi undiriladimi?
1. Xorijiy valyutani boshqa xorijiy valyutaga (qaysi valyutalarni) almashtirish mumkinmi va qancha miqdorda almashtirish mumkin?
Bank muassasalari quyidagi valyutalarda konversiya operatsiyalarini amalga oshiradilar:
– AQSH dollari;
– Ingliz funt sterlingi;
– Yapon yenasi;
– EVRO;
– Shveytsariya franki.
2. Xorijiy banklarning xorijiy valyutadagi yo'l cheklarini naqd pulga aylantirish chog'ida vositachilik haqi uchun qancha pul undiriladi?
Yo'l cheklarini xarid qilish (naqd pulga aylantirish) chog'ida bank muassasalari tomonidan chek summasidan 2% (so'mda) miqdorida vositachilik haqi undiriladi.
3. Xorijiy banklarning xorijiy valyutadagi yo'l cheklarini bank muassasalari tomonidan sotish chog'ida vositachilik haqi uchun qancha pul undiriladi?
Xorijiy valyutadagi yo'l cheklarini sotish chog'ida bank muassasalari tomonidan chek summasidan 1% miqdorida (so'mda) vositachilik haqi undiriladi.
4. Egasi ko'rsatiladigan cheklar banklar tomonidan inkassoga qabul qilinadimi? cheklarni qabul qilish va ularga haq to'lashda qanday tariflar belgilangan?
To'lov hujjatlarini inkassoga qabul qilish chog'ida Bank tomonidan quyidagi miqdorlarda vositachilik haqi undiriladi: chek summasi 500 AQSH dollarigacha bo'lganda 40 AQSH dollari miqdorida, chek summasi 2500 AQSH dollarigacha bo'lganda 70 AQSH dollari miqdorida, chek summasi 2500 AQSH dollaridan ko'p bo'lganida 80 AQSH dollari miqdorida. Emitent bank chekining haqiqiyligini tasdiqlovchi ma'lumot olinishiga qarab, mablag'lar 1 oy mobaynida beriladi.
5. Mijoz to'lov hujjatlari bo'yicha xorijiy valyutadagi mablag'larni o'z hisobvarag'iga kiritishi mumkinmi?
Bank muassasalari mijozlarning joriy hisobvaraqlariga xorijiy valyutadagi to'lov hujjatlari bo'yicha mablag'larni qabul qiladi. Bunda chek summasining 1,5%i miqdorida vositachilik haqi undirib olinadi.
6. Milliy Bank chiqargan visa kartochkalari bo'yicha naqd xorijiy valyutani yechib olish chog'ida qancha miqdorda vositachilik haqi to'lanadi?
VISA kartochkalari bo'yicha naqd xorijiy valyutani yechib olish chog'ida Milliy bankning bo'lim va filiallari tomonidan vositachilik haqi undirilmaydi. VISA kartochkalari bo'yicha naqd xorijiy valyutani boshqa bank muassasalarida yechib olinayotgan chog'da VISA Classic kartochkalari bo'yicha 2% va VISA Electron kartochkalari bo'yicha esa 1% miqdorida vositachilik haqi undiriladi.
7. Jismoniy shaxslar almashuv shahobchalarida qanday turdagi valyutalarni xarid qilishlari va topshirishlari mumkin hamda mazkur operatsiyalarni amalga oshirish chog'ida vositachilik haqi undiriladimi?
Bank muassasalari quyidagi valyutalarda valyuta-almashuv operatsiyalarini amalga oshiradilar:
– AQSH dollari;
– Ingliz funt sterlingi;
– EVRO;
– Yapon yenasi. |