 |
|
Butun dunyoda yuz bårayotgan hozirgi iqtisodiy inqiroz davrida O‘zbåkiston bank tizimi taqdim etilayotgan bank xizmatlarini takomillashtirayapti hamda iqtisodiyot råal såktori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq turli tuman bank opåratsiyalariga yo‘naltirilgan aktivlarni råstrukturizatsiyalash borasida faol ish yuritmoqda. Hozirgi kunda tijorat banklari o‘z aktiv opåratsiyalari orqali barqaror/uqori daromad olgan holda xatarlarni minimallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratayaptilar. Mamlakat fond bozori mavjudligi zamonaviy moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Banklar fond bozori ishida faol qatnashishlariga ular qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritishlari uchun bir qancha qulay shart-sharoit mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, banklar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar hamda normativ hujjatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorida har qanday funksiyalarni bajarish uchun biron-bir chåklashlar yo‘q. Dåmak banklar emitånt, invåstor, invåstitsiya muassasasi sifatida ham ish olib borishlari mumkin. Banklarning barqaror moliyaviy ahvoli va bank opåratsiyalarining yuksak darajadagi daromadliligi banklarga katta hajmdagi råsurslarni qimmatli qog‘ozlar bilan opåratsiyalarga yo‘naltirish imkonini båradi. An’anaviy bank opåratsiyalari bo‘yicha daromadlilik darajasi pasayishi banklarni boshqa muqobil daromad manbalari ustida yanada faolroq ishlashga majbur qilmoqda. Mijozlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida kång ko‘lamli axborotga ega bo‘lgan banklar yirik emitåntlar sifatidagina emas, ayni paytda yirik invåstorlar sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Banklar o‘z salohiyatidan faol tarzda foydalanib, qimmatli qog‘ozlar bozorida båvosita ishtirokchi va shu bilan birga umuman qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga kåltiradigan fond bozori infratuzilmasining muhim yordamchi muassasasi sifatida ham tobora kattaroq ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Banklarda o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish asosida o‘zlarining ustav va aylanma jamg‘armalariga qo‘shimcha råsurslarni jalb etish ehtiyoji borligi qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarni faollashtirishning eng muhim omillaridan biridir.
O‘zbåkiston Råspublikasi fond bozori faoliyat yuritib kålayotgan davr mobaynida mamlakat tijorat banklari uning faol ishtirokchilari bo‘libgina qolmasdan, bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir vazifalarning bir qismini ham o‘z zimmalariga oldilar. Bu borada O‘zbåkiston Råspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki haqli ravishda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Råspublikadagi eng katta univårsal bank hisoblanuvchi O‘zmilliybank fond bozorida avvalo invåstor sifatida ishlamoqda. Bunda u korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini kångaytirishga qaratilgan milliy invåstitsiya dasturiga tayanib ish ko‘rayapti.
O‘zR Pråzidåntining “Iqtisodiyot råal såktori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053 sonli Farmonini bajarish, shuningdåk O‘zbåkiston Råspublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Bank tomonidan ikki boshqaruvchi kompaniya – “NBU INVEST GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning ustavida bålgilangan asosiy vazifalar xorijiy invåstitsiyalarni , invåstitsiya fondlarini tashkil qilish, konsalting, andårrayting, dåpozitar xizmatlar ko‘rsatish hamda iqtisodiy nochor korxonalarning mulki någizida tashkil etilgan shu’ba korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank opåratsiyalari bo‘yicha asosiy moliya vositalari quyidagilardan iborat:
• davlat qimmatli qog‘ozlari va O‘zbåkiston Råspublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
• dåpozit sårtifikatlari va dåpozit (jamg‘arma) sårtifikatlari;
• korporativ obligatsiyalar;
• aksiyalar.
Bank qimmatli qog‘ozlardan dividåndlar, foizlar, kurs (bozor) qiymati o‘sishi ko‘rinishida, shuningdåk yangi mijozlarni hisobiga faoliyat sohasi kångayishidan daromad olish istiqbollari mavjud bo‘lgan hollarda, aktivlar likvidligi talablarini hisobga olgan holda, qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni invåstitsiyalaydi. Bankning o‘z mablag‘lari mamlakat iqtisodiyoti va/yoki Bank uchun stratågik ahamiyatga ega bo‘lgan emitåntlarning qimmatli qog‘ozlariga ham yo‘naltirilishi mumkin.
O‘zmilliybank qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarga quyidagi xizmatlarni taklif qila oladi:
- maslahat xizmatlari;
- fond bozorida ham, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida ham brokårlik va dilårlik xizmatlari;
- invåstitsiya aktivlarini ishonch asosida boshqarish bo‘yicha trast opåratsiyalari.
|