|
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki 1999 yil iyun oyidan e'tiboran respublika banklari orasida birinchi bo'lib «American Express» kompaniyasining yo'l cheklarini sota boshladi. Zero bu, jahonda eng ommalashgan cheklar hisoblanadi.
Siz mehmonxonalar, do'konlar va restoranlarda cheklar bilan haq to'lashingiz mumkin. Cheklar xizmatlar haqini to'lashda ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, cheklarni har qanday bank yoki ayirboshlash punktida naqd pulga osongina almashtirish mumkin.
Chekni sotib olayotganingizda Siz uning yuqori chap burchagiga imzo chekasiz va shundan keyin o'zingizdan boshqa hech kim bu chekdan foydalana olmaydi. Cheklar muddatsiz bo'lgani uchun Siz, agar istasangiz, ularni keyingi sayyohatingizgacha saqlab qo'yishingiz va hech narsa to'g'risida qayg'urmasligingiz mumkin!
Yo'l cheklari Milliy bank bo'limlarida sotiladi. Buning uchun valuta hisobvarag'i bo'lishining keragi yo'q — cheklarni bevosita mamlakatdan chiqib ketish oldidan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, bo'limda Sizga o'zingiz boradigan mamlakatda yo'l cheklaridan foydalanish tartibi va xususiyatlari to'g'risida zarur ma'lumotlar taqdim etishadi, shuningdek cheklarni O'zbekiston bojxona chegaralaridan olib chiqib ketish uchun ruxsatnoma berishadi.
O'zmilliybank nominali 50, 100, 500 va 1000 AQSh dollari bo'lgan cheklarni sotadi.
Aloqa uchun ma`lumot:
Yo'qolgan «American Express» yo'l cheklari pulini qoplash xalqaro xizmatining telefoni:
+44-1273-571-600
Aloqa uchun telefon:
(371) 137-62-83 |