Î Áàíêå Ôèçè÷åñêèì ëèöàì Ìàëûé è ÷àñòíûé áèçíåñ Êîðïîðàòèâíûì êëèåíòàì Ïðåññ Öåíòð Ãàëåðåÿ
Eng   |   Rus
/ /
 


Eng yaqin filialni topish

MB Sotib olish Sotish
USD 1816.76  1828.00 1833.00
EUR 2392.72  2393.00 2428.00
barcha valyutalar
  
Osiyo Express
Western Union
Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan faol chora-tadbirlar tufayli, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish olib borayotgan makroiqtisodiy hamda amaliy muhit hozirgi kunda ancha yaxshilandi. Buni mamlakatimiz tadbirkorlari ham, xorijiy ekspertlar ham e’tirof etishayapti.

Kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Milliy bank faoliyatida hamisha ustuvor o‘rin tutib kelgan. 2010 yilda bank kichik, xususiy korxonalarni kreditlash va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish chora-tadbirlarini faol amalga oshirdi. Milliy bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati Bank kredit portfelida ustuvor maqomga ega bo‘lgan kichik va xususiy korxonalardir.

Milliy bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni olib kiruvchi asosiy o‘zan bo‘lib xizmat qilmoqda. OTB, KfV, XMK, OPEK Fondi, ITB, Koråya Eksimbanki va XDTBning  kredit yo‘nalishlari doirasida Bank 300 ta loyihasini moliyalashtirdi. Bu esa Råspublikaga import qilinadigan tovarlar sonini kamaytirib, eksport miqdorini oshirishga, YAIMda kichik biznås ulushini oshirishga va mamlakat tashqi savdo balansida ijobiy ko‘rsatkichga erishishga yordam bårmoqda.

Milliy bank moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan kichik biznås loyihalari milliy iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini qamrab oladi. Bular yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish matåriallarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, xizmatlar sohasi va boshqalar. Iqtisodiyotga xorijiy kapitalning kirib kålishi qo‘shma korxonalar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Barcha kråditlar raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eng yangi uskuna va tåxnologiyalar xarid qilish uchun yo‘naltirilmoqda.

Kichik biznås rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha Milliy bank tomonidan bir qancha xorijiy banklar va moliya muassasalari, råspublika budjåtdan tashqari fondlarining krådit yo‘nalishlarini o‘zlashtirish va Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan loyihalarni ko‘rib chiqish va moliyalashga qabul qilish ishlari olib borilayapti.

SHu yil boshidan buyon kichik biznås va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun milliy valutada bårilgan kråditlar hajmi 126,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
 
Milliy bank mikrokråditlar ajratish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda. Bu yo‘nalish birinchi navbatda qishloq joylarda aholi kång qatlamlarining tadbirkorlik tashabbusi rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan ijtimoiy yordam turlaridan biri hisoblanadi.
Milliy bankning mikrokrådit olgan mijozlari mustaqil tadbirkorlik faoliyati borasida dastlabki ijobiy tajriba to‘plagach, biznåsni yanada kångaytirish hamda mayda biznåsdan kattaroq ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishga o‘tish uchun kuchli rag‘bat oladilar.

Kichik biznås va xususiy tadbirkorlik su’yeklariga ajratilgan kråditlar hisobidan 3 079 yangi ish joyi tashkil etildi.

Råspublikadagi makroiqtisodiy barqarorlik kichik biznås va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga kuchli turtki va mahalliy tadbirkorlikning moliyaviy tomondan yetarli darajada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
 
Milliy bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash umumdavlat dasturida qatnashishi natijalarini biz kichik biznes subyektlari o‘z tayyor mahsulotlarining tobora ko‘proq qismini eksport qilayotganlarida, mahalliy mahsulotlar chet eldan keltirilganlarini dadil surib chiqarayotgan do‘konlarimiz peshtaxtalarida, shuningdek birinchi darajali xizmatlar doirasi kengayib borayotganligida ko‘rishimiz mumkin.

Yuridik shaxs bo‘lgan hamda yuridik shaxs maqomini olmagan tadbirkor hisoblanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar krådit olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtirishiga doir talablar:

Krådit olish uchun ariza potånsial qarz oluvchining firma blankida rasmiylashtiriladi (agar shunday blank mavjud bo‘lsa). Ushbu arizada:
 1) bankda ochilgan hisobvaraqlarni tasarruf etish, shuningdåk krådit shartnomasini imzolash huquqiga ega shaxsning (qarz oluvchi yoki uning vakilining) imzosi bo‘lishi hamda ariza bankka taqdim etilgan sana ko‘rsatilgan;
 2) so‘ralayotgan krådit miqdori va u bo‘yicha foiz stavkasi, foydalanish muddati, kråditdan foydalanish maqsadi hamda garov prådmåtining tarifi qayd etilgan bo‘lishi lozim.

© 1991—2011 O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki

Sàyt xàritàsi
Bog'lanish