|
 |
|
|
MB |
Sotib olish |
Sotish |
|
USD |
1616.24 |
1629.00 |
1632.00 |
EUR |
2060.67 |
2061.00 |
2091.00 |
|
|
barcha valyutalar |
|
|
 |
|
Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olmagan jismoniy shaxslarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati shakli bo‘lib, bu faoliyat er-xotinlar tomonidan, ularga umumiy birgalikdagi mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan umumiy mulk negizida amalga oshiriladi.
Oilaviy tadbirkorlik er bilan xotinning va ularga ko‘maklashuvchi oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kiruvchi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar birinchi navbatda beriladi. Bular:
- kam ta’minlangan oilalar;
- tarkibida nogironlar hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlariga kiritilgan boshqa shaxslar bo‘lgan oilalar;
- tarkibida ikki va undan ortiq ishsizlar bo‘lgan oilalar.
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar O‘zR Mehnat vazirligi huzuridagi Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining kredit yo‘nalishi hisobidan, 6 oygacha davom etadigan imtiyozli davr bilan, ikki yilgacha muddatga beriladi.
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga ish bilan ta’minlash fondining kredit yo‘nalishi hisobidan beriladigan mikrokreditlar eng kam ish haqi miqdorining 150 baravaridan oshmasligi kerak.
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar imtiyozli foiz stavkasi bilan ajratiladi. Bu foiz stavkasi amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi. |
|