О Банке Физическим лицам Малый и частный бизнес Корпоративным клиентам Пресс Центр Галерея
Eng   |   Rus
/ /
 


Eng yaqin filialni topish

MB Sotib olish Sotish
USD 1816.76  1828.00 1833.00
EUR 2392.72  2393.00 2428.00
barcha valyutalar
  
Osiyo Express
Western Union

Kichik va shaxsiy biznesni rivojlantirish uchun milliy bank quyidagi maqsadlarni ko'zlab, budjetdan tashqari fondlarning milliy valutadagi mablag'larini imtiyozli shartlarda jalb etmoqda:
– dehqon va fermer xo'jaliklarining o'z ishlab chiqarishlarini rivojlantirish hamda kengaytirish, jumladan qishloq xo'jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlari qurish, qoramol, qo'zi-buzoq, parranda, furaj va omixta yem, veterinariya preparatlari, o'simliklarni himoyalashning kimyoviy vositalari, mineral o'g'itlar, urug'lik, ko'chat sotib olish;
– xom ashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;
– kichik uskunalar, mehnat qurollari, xom ashyo, yarim fabrikatlar, furnitura sotib olish;
– xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'at buyumlari ishlab chiqarish;
– hunarmandchilikni rivojlantirish, kasana mehnatni tashkil etish;
– aholiga servis va maishiy xizmatlar ko'rsatilishini rivojlantirish;
– sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish;
– sayyohlik sohasini rivojlantirish;
– ixcham, lekin ko'p ish bajariladigan korxonalar tashkil etish;
– qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda chuqur qayta ishlash;
– mahalliy sanoatni rivojlantirish;
– qurilish va binokorlik materiallari sanoati;
– ko'proq qishloq joylarda eksportga mo'ljallangan va import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
– xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish sohasi bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari.

Xususiy tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hisoblanuvchi qarz oluvchilarga Milliy bank quyidagi kredit yo‘nalishlari bo‘yicha kreditlar beradi:
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi – 3 yilgacha;
Dehqon-fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi – 3 yilgacha, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
“Mikrokreditbank” ATB kredit yo‘nalishi – 3 yilgacha;
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar muddati har bir holatda alohida tartibda belgilanadi.
Budjetdan tashqari fondlarning kredit yo‘nalishlari hisobidan beriladigan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi kreditlanadigan investitsiya loyihalarining yo‘nalishlariga qarab, quyidagi hajmlarda belgilanadi:
-    dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/6 qismi;
-    oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar imtiyozli foiz stavkasi bilan beriladi. Bu stavka amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi;
-    dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/3 qismi;
-    xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni chuqur qayta ishlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 40%;
-    xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 45%.

Budjetdan tashqari fondlarning kredit yo'nalishlari hisobidan beriladigan kreditlar bo'yicha imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarining yo'nalishiga qarab, quyidagi hajmlarda belgilanadi:
– dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 1/6 qismi;
– dehqon va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo'jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlari qurish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 1/3 qismi;
– xom ashyo va meteriallarni ishlab chiqarish hamda chuqur qayta ishlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 40% hajmida;
– boshqa maqsadlar uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 45% hajmida.

Murojaat uchun ma'lumotlar:
Kichik biznes bosh boshqarmasi:
Tel.: (+99871) 235-17-02 , (+99871) 234-45-33.

© 1991—2011 O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki

Sаyt xаritаsi
Bog'lanish