О Банке Физическим лицам Малый и частный бизнес Корпоративным клиентам Пресс Центр Галерея
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
Eng   |   Rus
/ /


Eng yaqin filialni topish

MB Sotib olish Sotish
USD 1616.24  1629.00 1632.00
EUR 2060.67  2061.00 2091.00
barcha valyutalar
Osiyo Express
Western Union

Dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan kreditlar — mikrokreditlar berish shakllaridan biri. Bunday kreditlar mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklariga (yuridik shaxs maqomini olgan bo'lsa) minimal ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo'jaliklariga eng kam ish haqining 300 baravarigacha bo'lgan hajmda beriladi.

Dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar faqat yangi tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarga, ular davlat ro'yxatidan o'tganidan keyin ko'pi bilan 6 oy ichida kredit olish uchun buyurtmanoma taqdim etgan hollarda beriladi.

Dastlabki sarmoyani shakllantirish maqsadida ajratiladigan mikrokreditlar 3 yilgacha muddatga, faoliyat boshlash uchun oborot mablag'larini shakllantirish, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish, mashina-uskunalar sotib olish uchun beriladi.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan kreditlar bo'yicha imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.

Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan kreditlar bo'yicha foizlar shunday kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblab qo'shiladi va 12 oydan keyin undirila boshlanadi.


Murojaat uchun ma'lumotlar:

Kichik biznes bosh boshqarmasi:
Tel.: (+99871) 235-17-02 , (+99871) 234-45-33

 


© 1991—2007 O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki
 

Sаyt xаritаsi
Bog'lanish